Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litva, Polsha va Latviya prezidentlari Gitanas Nauseda, Anjey Duda hamda Egils Levits NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va alyans davlatlari rahbarlariga maktub yo‘llab, ularni Belarusdagi vaziyatning rivojlanishi bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi choralar ko‘rishga chaqirdi. Murojaat haqidagi maʼlumot 7-iyul, juma kuni Litva rahbari matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

Foto: NATO

Maktub mualliflari ta’kidlashicha, Moskva va Minsk o‘rtasida “borgan sari yaqinlashayotgan harbiy integratsiya mintaqa va butun Yevro-Atlantika makonining xavfsizligiga” raxna soladi. Bu, xususan, Belarusda taktik yadroviy qurollarning joylashtirilishi bilan bog‘liq. Bu qadam — Rossiya va NATOning xavfsizlik to‘g‘risidagi aktini ochiqdan ochiq buzish hisoblanadi hamda “bu hujjat endi amal qilmasligini” tasdiqlaydi.

Ular shuningdek, “Vagner” yollanma askarlari va Yevgeniy Prigojinning Belarusga ko‘chirilishi ushbu mamlakatda “siyosiy barqarorlik uchun xavf” tug‘dirishini, buning oqibatida “yadro qurollari ustidan nazoratni yo‘qolishini”, deb ta’kidladi.

Murojaat mualliflarining fikricha, Belarus uchinchi davlatlardan Yevropa Ittifoqiga noqonuniy muhojir migratsiyasining yangi to‘lqinini ham tashkillashtirishi mumkin.

Uch davlat rahbarlari bir necha takliflar bildirgan, jumladan: yadroviy tiyib turishni qayta ko‘rib chiqish, Belarusdan kelib chiqadigan odatiy tahdidlarga moslashish, sharqiy qanotdagi armiya zaxiralarini to‘ldirish, mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning ikki foizidan ko‘proqqa oshirish, xarajatlarni NATO ustuvorliklariga moslashtirish, ittifoqchilarning gibrid tahdidlarga chidamliligini oshirish kabilar.

6-iyul kuni Aleksandr Lukashenko “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Belarusda joylashtirilsa, undan mamlakatni himoya qilish uchun foydalanishi mumkinligini aytgandi.

“Ushbu jangchilarni joylashtirishdan mutlaqo xavotirda emasman va tashvishlanmayman”, dedi Lukashenko. “Asosiy shart shuki, agar biz ushbu bo‘linmadan davlat mudofaasi uchun foydalanishga majbur bo‘lsak, ular bir zumda istalgan yo‘nalishda faollashadi”, — deya qo‘shimcha qildi Belarus rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »