Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya hukumati Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni oshkora yoqishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hukumat vaziyatni tahlil qilib, qonunga o‘zgartirish kiritish zarur yoki yo‘qligi haqida yakuniy qarorga keladi, deb xabar berdi EADaily.

Foto: AP Photo

Mamlakat Adliya vaziri Gunnar Strommerning so‘zlariga ko‘ra, Qurbon hayiti kuni masjid oldida Qur’onning oshkora yoqilishi sababli Shvetsiya terrorchilar hujumining “bosh nishoni”ga aylanib qolgan.

“Biz Shvetsiyada terrorchilik jinoyatini amalga oshirishda gumonlanib hibsga olinganlarni ko‘rdik. Germaniyada ham shu kontekstda Shvetsiyaga qarshi terrorchilik jinoyatlarini tayyorlayotganlikda gumonlanib, hibsga olishlar bo‘ldi. Shuningdek, biz o‘tgan haftada amalga oshirilgan Qur’onning yoqilishi ichki xavfsizligimiz uchun yangidan yangi tahdidlarni vujudga keltirganiga amin bo‘lmoqdamiz”, — degan Strommer.

Avvalroq Shvetsiyada shu kunlarda Qur’on yoqish aksiyasini amalga oshirish uchun yana ikkita ariza topshirilgani xabar berilgandi.

O‘tgan hafta o‘tkazilgan shunday aksiya musulmon olamida katta noroziliklar keltirib chiqardi.

Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishi

21-yanvar kuni Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yubordi. Shundan keyin Turkiyada Shvetsiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligida ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi, unda Shvetsiya bayrog‘i yoqib yuborildi. 

23-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqealar fonida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar Shvetsiya va Finlyandiya terrorizmga qarshi kurashda Anqaraga yordam berishni xohlamasligini bildirdi. Ayni paytda mamlakatlar NATOga kirishda Turkiyadan yordam kutmoqda.

23-yanvar Niderlandiyada “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi” (PEGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi binosi oldida Qur’on kitobini omma oldida yirtib, yoqib yubordi. U Rasmus Paludanni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilganini ma’lum qildi.

27-yanvar kuni Rasmus Paludan Kopengagendagi masjid oldida ham muqaddas kitobni yoqib yubordi. Holat yuzasidan Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi.

30-yanvar kuni daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »