Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSh prezidenti Jo Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga hali erta ekanligini va uni Rossiya bilan mojaro tugamaguncha amalga oshirish mumkin emasligini aytdi.

“Menimcha, NATOda Ukrainani hozir, ayni urush avjida NATO oilasiga qabul qilish yoki qabul qilmaslik borasida yakdillik mavjud emas”, — dedi Bayden telekanalga bergan intervyusida.

U Ukrainaning mojaro tugamasdan turib alyansga kirishini “NATOning barcha a’zosi Rossiya bilan urush holatida” bo‘lib qolishi bilan izohladi.

Baydenning tushuntirishicha, Qo‘shma Shtatlar “NATO hududining har bir qarichini himoya qilishga tayyor”.

NATO taʼsis shartnomasining 5-moddasiga ko‘ra, bir aʼzoga qilingan hujum barcha 30 ta aʼzo davlatga qilingan hujumga teng.

Jo Bayden, shuningdek, AQSH va uning Shimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqchilari Kiyevni zarur qurollar bilan ta’minlashda davom etishini tasdiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »