Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniyalik futbolchi Alvaro Morata faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin.

Foto: Getty Images

Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo bir necha kun oldin “Atletiko” hujumchisiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z jamoasiga taklif qilgan. Futbolchining o‘zi portugaliyalik mutaxassisning eng katta muxlislaridan biri bo‘lgan. 

Paulo Dibala ham Moratani “Roma”ga taklif qilyapti. Futbolchilar deyarli har kuni xabarlashadi va so‘nggi vaqtlarda Paulo Alvaroni Rimga chorlamoqda.

Ikkala futbolchi yaqin do‘st hisoblanadi. Dibala Morataning qizi Bellaga cho‘qintirgan ota hisoblanadi.

“Roma” esa “Atletiko”ning Morata uchun talab qiladigan 22 million yevroni to‘lab berishi qiyin bo‘ladi. Shuningdek, ispaniyalik futbolchining maoshi ham yuqori. 

Avvalroq Alvaroning “Milan” bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.

30 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum La Ligada 36 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta golga mualliflik qilgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »