Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida joylashgan Abu Saxiy bozori yaqinida harakatlangan avtobusda yong‘in chiqdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Kadr: YouTube

Qayd etilishicha, 10-iyul kuni soat 06:51 da Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” MFY, TXAY ko‘chasida 147-sonli “Chorsu bozori va Chinni bozor” yo‘nalishida harakatlangan Mercedes-Benz rusumli avtobusning mator qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga soat 07:00 da yetib borgan. Yong‘in, ekipaj borgunga qadar bozor hududiy yong‘in o‘chirish ekipaji va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari yordamida o‘chirilgan. Yong‘in taxminan elektr simlaridagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

“Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, yong‘in avtobus haydovchisi G'.U. tomonidan darhol aniqlanib, avtobus ichida bo’lgan yo’lovchilar zudlik bilan avtobusdan tushirilgan va ushbu holat tezkorlik bilan bartaraf etilgan. 

“Hozirda ushbu avtobus, shatakka oluvchi maxsus transport vositasi yordamida ‘18-Avtobus saroyi’ filialiga olib kelingan bo’lib, texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilib tez kunlarda yo’nalishga chiqarish choralari ko'rilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Poytaxt avtobuslarining yonib ketishi

Yanvar oxirlarida Yakkasaroy tumani “Qushbegi” MFY Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobusda yong‘in sodir bo‘lgandi. Shuningdek, aprel oyida ham Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yo‘lovchi avtobusida yong‘in yuzaga kelgan.

Toshkent shahrida 21-may kuni Mercedes-Benz rusumli 96-sonli yo‘lovchi avtobusi to‘liq yonib ketgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »