Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar harakati vaqtida o‘rindiqlarda yo‘lovchilar yo‘qligi haqida xabarlar tarqalmoqda. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati bunga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unda aytilishicha, bugungi kunda “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektrpoyezdi yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgani sababli ular chiptalarni bir oy oldin rasmiylashtirmoqda. Temiryo‘l transportidan foydalanishda yo‘lovchilar jo‘nash muddatidan 1 oy va undan ham oldinroq chiptalarni xarid qilishmoqda. Shu bois bayramlar arafasida chiptalar yetishmasligi ko‘pchilikda noto‘g‘ri tushuncha uyg‘otmoqda.

Shuningdek, ayrim hollarda yo‘lovchilarda poyezdlarga kechikish holatlari kuzatilmoqda. Chiptada yo‘lovchi poyezdning jo‘nash vaqti va yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish 30 daqiqa oldin tugashi haqida ogohlantirish berilgan. Yo‘lovchilar poyezdlarga kech qolmasliklari haqida ogohlantiriladi. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” vokzal va poyezdlarda 8-iyul kuni suratga olingan videorolikni ilova qildi va fuqarolardan asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Qo‘shimcha qilinishicha, yo‘lovchi poyezdlarga chiptalar 45 kun oldindan ochiq savdoga qo‘yiladi. Ularni temiryo‘l chiptaxonalarida va eticket.railway.uz saytida elektron tarzda rasmiylashtirish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »