Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlarning Zaporojye viloyati Orexov shahriga zarbasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb ma’lum qildi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Malashko.

Malashko Telegram’da yozishicha, gumanitar yordam tarqatilayotgan paytda turar joy hududiga boshqariladigan aviabomba kelib tushgan.

“Uch ayol va bir erkak voqea joyida halok bo‘ldi”, — dedi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i va bu fojia harbiy jinoyat ekanini ta’kidladi.
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram

Malashkoning hisobotida Orexovodagi 11 yarador haqida so‘z bordi. Keyinroq Ukraina Bosh prokuraturasi 13 nafar yarador borligini ma’lum qildi.

Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi maktab ichida joylashgan gumanitar markaz vayron qilingan. Ukraina Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, rus qo‘shinlari Orexovga ikkita boshqariladigan aviabomba bilan zarba bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »