Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugunda millionlab tomoshabinlarga ega mashhurlikka erishgan filmlardagi qahramonlar o‘rnida boshqa aktyorlarni tasavvur qila olasizmi? Albatta, yo‘q. Lekin film suratga olinmasidan avval rejissorlar ularni tasavvur qila olgan. Garchi taniqli aktyorlar ikkinchi darajali rollarni rad etgan bo‘lsa-da, bu filmlar muvaffaqiyatiga ta’sir o‘tkazmadi.

Jaklin Fernandes — “Tashakkur, Angliya”

Jaklin Fernandes “Tashakkur, Angliya” filmidagi Pariniti Chopradan keyin ikkinchi darajadagi aktrisa bo‘lishdan bosh tortdi. Natijada bu rol Alankrita Saxayga nasib etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Arman Koxli — “Devona”

Arman Koxli agar ushbu filmdagi rolni rad etmaganida, Shohrux Xon muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lar edi. Aktyor “Devona” filmidagi ikkinchi darajali rolni ijro etishni istamadi va buning uchun Shohrux Xon erishgan shon-shuhratiga undan qarzdor. Chunki ushbu film unga mashhurlik keltirgan edi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Farxan Axtar — “Oltin”

Aktyor Farxan Axtar “Oltin” filmidagi ikkinchi darajali rolni ijor etishni istamadi. Ushbu rol Akshay Kumarga nasib etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ritik Roshan — “Men borman-ku”

Ritik Roshan Shohrux Xon bilan “Gohi shodlik, gohi g‘am” filmidagi ijrosidan keyin ushbu filmdagi taklifni qabul qilmadi. Uning o‘rniga ushbu rolni Zayed Xon  ijro etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Juxi Chavla — “Devona qalb”

O‘tgan asrning 90-yillarida mashhurlikka erishgan aktrisa “Devona qalb” filmida Madxuri Dikshitdan keyingi ikkinchi darajali rolni qabul etmadi va uning o‘rniga Karishma Kapur tanlab olindi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Kajol — “Devona qalb”

Kajol ham ushbu filmdagi aynan Nisha obrazini rad etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Katrina Kaif — “Barfi”

Katrina “Barfi” kartinasida Priyanka Chopradan keyingi qahramonni gavdalantirishni istamadi va uning o‘rnini Ileana D’Kruz egalladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Saif Ali Xon — “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”

“Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmidagi Salmon Xon qahramoni o‘rniga Saif Ali Xon taklif qilingan edi, ammo aktyor uni rad etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Salmon Xon — “O‘tkinchi dunyo”

Bu safar “O‘tkinchi dunyo” filmida Saif Ali Xon ijro etgan obrazda Salmon Xon ko‘rinishni istamagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shohrux Xon — “Padmavati”

Aytishlaricha, Shohrux Xon ushbu filmda ikkinchi darajali rolni ijro etmaslik uchun atayin gonorarini oshirgan. Shuning uchun rejissor uning o‘rniga Shaxid Kapurni taklif etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shaxid Kapur — “Mumbayda bir kuni”

Shaxid Kapur Akshay Kumardan keyingi ikkinchi darajali rolni rad etganidan so‘ng Imron Xon bunga rozi bo‘ldi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya Balan — “Vadaledagi otishma”

Vidya Balan juda ko‘p aktyorlar rol ijro etgan ushbu filmda uning obrazi soya ostida qolishini o‘ylab, taklif etilgan rolni rad etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shohrux Xon — “Za’faron rangi”

Aktyor ushbu filmda Amir Xondan keyingi ikkinchi darajali rolda namoyon bo‘lishni istamadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »