Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 11-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida maʼlum qilindi.

Foto: Google Images

Yig‘ilishda bundan to‘rt yil avval Toshkent-Samarqand, Toshkent-Andijon pulli yo‘llari va “Taxtaqoracha” dovonida pulli tonnel qurish topshiriqlari berilgani, biroq na loyiha qilish, na investor jalb qilish bo‘yicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagani tanqid ostiga olingan.

“Bugungi kunda temiryo‘lda 2,5 mingta yuk vagoni yetishmasligi, mavjud vagonlarning 3,5 mingtasi taʼmir talabligiga qaramay, ularni ko‘paytirish, yo‘llarni modernizatsiya qilish uchun bor-yo‘g‘i 16 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya o‘zlashtirgan. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish hajmi o‘tgan yilga nisbatan “O‘zavtosanoat”da 47 foizga, to‘qimachilikda 43 foizga, qurilish materiallarida 31 foizga kamaygan”, — deyiladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov kanalida eʼlon qilingan xabarda.

Xabarga ko‘ra, investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etilgan.

Maʼlumot uchun, Husniddin Hosilov 1970-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy.

U 1992-yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining injener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-yilda “O‘zinterservis” qo‘shma korhonasida tarmoq boshlig‘i sifatida boshlagan.

1999–2002-yillar “O‘ztemiryo‘lmashtaʼmir” unitar korxonasida turli lavozimlarda ishlagan. 2002 – 2008-yillar strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i, bir vaqtning o‘zida “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK bosh menedjer–bosh muhandisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2011 – 2014-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK bosh menedjer – bosh muhandisi lavozimida ishlagan. 2014–2016-yillarda Vazirlar Mahkamasining Departament mudiri lavozimida ishlab kelgan.

2016–2019-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning bosh menedjer–bosh muhandisi lavozimida ishlagan. Hosilovga 2019-yil 5-fevraldan hukumat qarori bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvining raisi vazifasini bajarish yuklatilgan. 2019-yil iyunidan rasman AJ boshqaruv raisi lavozimini egallaydi.

Husniddin Hosilov 2020-yil 31-yanvardan esa yana boshqaruv raisi “v.b” etib tayinlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »