Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida bir qator tashkilot rahbarlari va ikki vazir o‘rinbosarini ishdan oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati 

 

Unga ko‘ra, bundan to‘rt yil avval “Toshkent-Samarqand”, “Toshkent-Andijon” pullik yo‘llari va “Taxtaqoracha” dovonida pullik tonnel qurish topshiriqlari berilgan. Lekin na loyiha qilish, na investor jalb qilish bo‘yicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagan. Bugungi kunda temir yo‘lda 2,5 mingta yuk vagoni yetishmasligi, mavjud vagonlarning 3,5 mingtasi esa taʼmirtalabligiga qaramay, ularni ko‘paytirish, yo‘llarni modernizatsiya qilish  uchun bor-yo‘g‘i 16 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya o‘zlashtirgan.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish hajmi o‘tgan yilga nisbatan “O‘zavtosanoat”da 47 foizga, to‘qimachilikda 43 foizga, qurilish  materiallarida 31 foizga kamaygan. Shu bois, investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari B.Kamalov, transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov, “Suvtaʼminot” rahbari S.Saifnazarov, “Temir yo‘l” rahbari X.Xosilov va “Avtoyo‘l” rahbari A.Abduvaliyev lavozimidan ozod etildi.

“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Jo‘rayev, “O‘zsanoatqurilishbank” raisi S.Annaklichevga hayfsan eʼlon qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »