Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida fuqaroning bank kartasidagi mablag‘larni o‘g‘irlagan amaliyotchi talabalar aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, Termiz shahri “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, bank kartasidan ilova orqali 75 million 700 ming so‘m pulni noma’lum shaxslar yechib olganini bildirgan.

Surxondaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida aksiyadorlik tijorat banklaridan biriga amaliyot o‘tash uchun borgan ikki talaba bankning barcha sirlarini o‘rganib borgani aniqlangan.

Talabalar o‘zaro kelishib, tanishining nomiga sim-karta rasmiylashtirgan va ularning telefonidan foydalangan holda turli amaliyotlarni bajarib, ariza muallifiga tegishli pullarni o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng, ulardan biri Termiz shahrida joylashgan bankomatlardan biriga shapka, qora ko‘zoynak, tibbiyot niqobidan foydalangan holda borib, pullarni naqdlashtirib olgan.

Gumonlanuvchilar tezkor harakatlar natijasida qisqa fursatda aniqlanib, ulardan telefon apparatlari, ko‘plab bank kartalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Shuningdek, talabalardan biri onasiga berib yuborgan 59 million 800 ming so‘m naqd pullar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud organlariga yuborilgan. Sud hukmiga ko‘ra, ular Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan aybli deb topilib, biriga 2 yil 3 oy, ikkinchisiga — 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Plastik kartalardan pul o‘g‘irlash holatlari

Aprel o‘rtalarida Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 million so‘m yechib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2022-yil iyulda esa Andijonda 8-sinf o‘quvchisi o‘nlab fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritib, PUBG o‘yiniga tikib yuborgani aniqlangan edi. Iyul boshida bo‘lsa, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi bank filiali kassiri mijozlarning 41 ta bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »