Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonning Qozog‘istondagi elchisi Botir Rejepov Ashxobodda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda diplomatning so‘zlariga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Diplomatga ko‘ra, Turkmanistonda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va feyk hisoblanadi. Rejepov mamlakatda vaziyat tinch ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “vakolatli organlar ishonchsiz ma’lumotlarni kim va nima sababdan qo‘zg‘atganini aniqlaydi”.

Diplomat, shuningdek, yaqinda, 29-iyun kuni yangi Arkadag‘ shahrining ochilishi munosabati bilan mamlakatda yirik tadbirlar o‘tkazilganini qo‘shimcha qildi.

“Qozog‘istondan hukumat vakillari ishtirok etdi. Bizda hammasi tinch, hammasi normal rejimda”, — dedi u.

Niderlandiyada joylashgan Turkmen News nashri avvalroq iyun oyida Turkmaniston poytaxtida mahalliy xavfsizlik kuchlari tomonidan qurolli to‘ntarishga urinishning oldi olingani haqida xabar bergandi.

Endilikda ushbu xabar mualliflari barcha tafsilotlar aniqlanguniga qadar uni nashrdan olib tashlaganliklarini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »