Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BMTning Inson huquqlari kengashi Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi.

“Kengash so‘nggi paytlarda ommaviy ravishda va qasddan sodir etilayotgan  Qur’oni Karimni tahqirlash harakatlarini qoralaydi va qat’iyan rad etadi hamda diniy adovat qo‘zg‘ayotgan ushbu shaxslarni davlatlarning xalqaro inson huquqlaridan kelib chiqadigan qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlaydi”, — deyiladi hujjatda.

12 davlat — AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Kosta Rika, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Chernogoriya, Ruminiya mazkur rezolyutsiyaga qarshi chiqdi.

Foto: Un.org

28 davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMTning bu rezolyutsiyasini yoqlab ovoz bergan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlatlarni diniy adovat va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atuvchi harakatlar uchun javobgarlikka tortishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan qonunlaridagi bo‘shliqlarni aniqlab, ularni qo‘llash tizimini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.

28-iyun kuni Stokgolmda iroqlik erkak Qur’onni yoqib yubordi. Bag‘dod Qur’onning yoqilishini qoralab, “salbiy” oqibatlaridan ogohlantirdi va bu aksiyaning “so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini” ta’kidladi. Turkiya hodisani “islomga qarshi harakat” deb atadi, Marokash esa o‘z elchisini mamlakatdan chaqirib olishga qaror qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »