Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

8-iyulga o‘tar kechasi Germaniya janubi-g‘arbidagi masjid oldida Qur’on nusxasi yoqib yuborildi, deb xabar bermoqda TRT Turk-Islom ittifoqining din ishlari bo‘yicha turk-musulmonlar soyabon guruhiga (DITIB) tayanib.

Foto: “Pro Germany”

Voqea Baden-Vyurtemberg shtatida joylashgan Maulbronn shahridagi Mimar Sinan masjidi oldida sodir bo‘lgan. Harakatlanib ketayotgan mashinadagi odamlar Qur’onni taxqirlab, yoqib yuborgan.

“Hodisadan so‘ng masjidimiz kuzatuv kameralaridagi tasvirlarni ko‘zdan kechirganimizda, masjid oldidagi markaziy ko‘chada mashinadan nimadir uloqtirilganini ko‘rdik. Bu yoqib yuborilgan Qur’on bo‘lib chiqdi, u masjid eshigi oldiga tashlangan”, — dedi masjidlar uyushmasi direktori Usmon Adibelli.

Uning ta’kidlashicha, uyushma mazkur hodisa yuzasidan politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

“Masjid oldiga yaqinlashgan avtomobilning faralari xalal bergani sabab biz davlat raqamini yoki hujumga aloqador odamlar sonini bila olmadik”, — deb tushuntirdi Adibelli.

Voqea Yevropaning turli mamlakatlarida Qur’on nusxalarining yoqib yuborilishi yoki tahqirlanishi ortidan sodir bo‘ldi.

Misol uchun, 28-iyun kuni Stokgolmda iroqlik erkak Qur’onni yoqib yubordi. Politsiya so‘z erkinligini himoya qilish maqsadida aksiyaga ruxsat berganini da’vo qildi. Iroqdagi Shvetsiya elchixonasi yaqinida yuzlab iroqliklar norozilik bildirdi, bir necha o‘nlab namoyishchilar binoga bostirib kirishga urindi. 

Iroq Tashqi ishlar vazirligi Stokgolmda Qur’onni yoqqan 37 yoshli qochqin Salvan Momikani ekstraditsiya qilishga chaqirdi.

Hozirda Shvetsiya hukumati Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni oshkora yoqishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hukumat vaziyatni tahlil qilib, qonunga o‘zgartirish kiritish zarur yoki yo‘qligi haqida yakuniy qarorga keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »