Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning Zaporojye viloyatida salkam 20 daqiqa davomida havo hujumidan ogohlantirish trevogasi yangradi. Viloyat markaziga noma’lum turdagi qurol bilan hujum qilindi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Foto: Videodan kadr 

Zaporojye merining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Vlasyukning aytishicha, Rossiya harbiylari qaysi quroldan zarba bergani hozircha noma’lum. Portlash oqibatida olti kishi jarohatlangan, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan (ular orasida bola ham bor).

“Tekshiruv ishlari olib borilmoqda, hanuzgacha noma’lum bo‘lgan harbiy obyekt qoldiqlari o‘rganilmoqda. Hozirda olti nafar jarohatlanganlar haqida ma’lumot bor, ularning uch nafari kasalxonaga yotqizilgan, jumladan, kichkina bola ham. U viloyat bolalar kasalxonasida ko‘rikdan o‘tkazilmoqda”, — deydi Vlasyuk.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi besh nafar jabrlangan (ulardan bir nafari bola) haqida ma’lum qildi va jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, tez yordam mashinalari tomonidan kasalxonaga yotqizilganini qayd etdi.

“Favqulodda vaziyatlar xizmati psixologlari voqea joyida ish olib bordi va odamlarga yordam berdi”, — deyiladi xabarda.

Zaporojye viloyat klinik bolalar shifoxonasi direktori Yuriy Borzenkoning aytishicha, portlash oqibatida 1 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan besh nafar bola jarohatlangan.

“Barcha bolalarning ahvoli og‘ir emas, ular yura oladi. Yaralar bor, yumshoq to‘qimalarda ko‘karishlar qayd etilgan”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »