Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida AQSHga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda R.I. ismli shaxs fuqaro Ya.M.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida AQSHga ishlash uchun Meksika davlati orqali aylanma yo‘llar bilan yuborish evaziga 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda ham tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan R.P. fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 3,5 ming dollar va 14 million so‘m evaziga Qo‘shma Shtatlarga borish uchun viza olib berishni vaʼda qilgan. U fuqarodan 14 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

AQSHga yuborish holatlari

Mart boshlarida Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilgandi. Shuningdek, Samarqandda Meksika orqali AQSHga yuborishini aytib, fuqarodan 50 ming dollar so‘ragan shaxs ushlangani, Samarqandda fuqaroni 30 ming dollarga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olingani, Navoiyda fuqaroni AQSHga ishga yuborishini aytib, 800 dollar olgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »