Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy elchixonasi rasmiy saytida mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun tomonidan imzolangan tabriknoma eʼlon qilindi.

Foto: Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi

Diplomatik missiya saytida yozilishicha, endilikda Xitoyning mamlakatdagi diplomatik missiyasiga Yuy Szyun boshchilik qiladi.

Ma’lumot uchun, Yuy Szyun 1972-yilda tug‘ilgan. U Xitoy Kommunistik partiyasi aʼzosi, oliy maʼlumotli. Tashqi ishlar vazirligining tegishli boshqarma va idoralarida, shuningdek, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda ishlagan.

Xitoyning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Szyan Yan joriy yilning fevral oyida besh yillik diplomatik missiyasi yakunlanganini eʼlon qilgan edi. U 2018-yildan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Undan oldin esa elchixonaga Sun Litsze rahbarlik qilgan.

Aprel oyida Shavkat Mirziyoyev favqulodda va muxtor elchilar — Falastin davlatidan Javad Avvad, Yaponiyadan Xatori Takashi, Qatar davlatidan Hasan Hamza Hoshim, Slovakiya respublikasidan Viktor Boreski va Pokiston respublikasidan Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »