Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 15-iyul kuni Bryusselda uchrashadi. Yig‘ilishda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ham ishtirok etadi. Bu haqda Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etishimni tasdiqladim. Umid qilamanki, uchrashuv davomida tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish mumkin bo‘ladi”, — dedi Armaniston bosh vaziri. Uning to‘liq nutqi hukumat saytida e’lon qilindi.

Foto: “RIA Novosti”

May oyi oxirida Nikol Pashinyan, Ilhom Aliyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashdi. Uchrashuv taxminan 20 daqiqa davom etgan.

Armaniston bosh vaziri Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligini, evaziga u yerda yashovchi armanlarning huquqlari va xavfsizligi kafolatlanishi shartligini ma’lum qildi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »