Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11—12-iyul kunlari Vilnyusda NATO sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy mavzularidan biri Ukrainani qo‘llab-quvvatlash edi. Sammitning birinchi kunida NATO davlatlari Ukrainaning alyansga kirish jarayonini soddalashtirishga kelishib oldi, biroq “barcha ittifoqchilar rozi bo‘lib, shartlar bajarilgandagina” (qanday shartlar ekani noaniq) Ukraina alyansga taklif qilinishini qayd etdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 11-iyul kuni Vilnyusga keldi, ertasi kuni NATO sammitida qatnashdi. 12-iyul kuni 1997-yildan beri mavjud bo‘lgan Ukraina—NATO komissiyasi negizida tuzilgan Ukraina—NATO kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Zelenskiy kengashning tashkil etilishi Kiyevda “alyansning bir qismi bo‘lish hissini uyg‘otadi” deb aytdi. Bir vaqtning o‘zida Yettilik guruhi davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bayonotni qabul qilib, unga harbiy va moliyaviy yordam va’da qildi.

Vilnyusliklar NATO sammitiga kelgan AQSH prezidenti Jo Baydenning kortejini kutmoqda.

Foto: Meduza

NATO sammiti arafasida Vilnyus markaziga ramziy ma’noda jazo kamerasi(“SHIZO”)ning nusxasi o‘rnatildi. Shunday kameraga Rossiyaning Vladimir viloyatidagi koloniyada saqlanayotgan siyosatchi Aleksey Navalniy o‘tgan yil davomida 16 marta yuborilgan.

Foto: Meduza

 

Bino tepasidagi “Putin, Gaaga seni kutmoqda” yozuvi 2022-yil bahorida paydo bo‘lgandi. Yaqinda uning yonida Litva, Ukraina va NATO bayroqlari osildi.

Foto: Meduza

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Litva prezidenti Gitanas Nauseda Vilnyus markazidagi mitingda. 2023-yil 11-iyul.

Foto: Meduza
Sammit mehmonlari va jurnalistlarni kutayotgan avtobus. Unda shunday so‘zlar yozilgan: “Siz bu avtobusni kutib turganingizda, Ukraina F-16 larni (qiruvchilar) kutmoqda”.
Foto: Meduza

Sammit o‘tkazilayotgan Litexpo biznes markazi hududini NATO kuchlari nazorat qilmoqda.

Foto: Meduza
Foto: Meduza
NATO davlatlari yetakchilari guruh bo‘lib suratga tushish uchun to‘planmoqda
Foto: Meduza

Ko‘rgazma markazi hududida bir guruh jurnalistlarni olib yurgan sammit qo‘riqchisi

Foto: Meduza

Litvadagi sammit oldidan NATO rahbariyati Vilnyusni “alyansga aʼzo mamlakatlarning eng ilg‘or qurollari bilan himoyalangan qalʼaga” aylantirdi. NATOning 16 ta davlati yig‘ilishni qo‘riqlash uchun birgalikda mingga yaqin askarini yubordi. Germaniya Litvaga 12 ta Patriot zenit-raketa tizimini, Ispaniya NASAMS havo mudofaa tizimini, Fransiya esa Caesar o‘ziyurar gaubitsalarini jo‘natdi. Sammit davomida ekspomarkaz hududi ustida uchta vertolyot doimiy ravishda aylanib yurdi.

Foto: Meduza

Vladimir Zelenskiy sammitga ikkinchi kun, 12-iyul kuni tashrif buyurdi. U jurnalistlar bilan qisqacha suhbatlashdi

Foto: Meduza

12-iyul kuni tushdan keyin NATO sammitida Ukraina—NATO kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U 1997-yildan beri mavjud bo‘lgan Ukraina—NATO komissiyasi asosida yaratilgan. Bu yig‘ilish munosabatlar darajasining oshishi va kelajakda Ukrainaning alyansga kirishi yo‘lidagi qadamlardan biri, deb ishonilmoqda. Kengashda Ukraina muzokaralar uchun taklif qilingan tomon emas, balki to‘liq ishtirokchi sifatida qatnashadi.

Foto: Meduza

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Chexiya prezidenti Pyotr Pavel, Daniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri Lars Rasmussen hamda Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo NATO—Ukraina kengashi yig‘ilishi oldidan gurunglashmoqda

Foto: Meduza

NATO—Ukraina kengashining birinchi yig‘ilishi

Foto: Meduza

Uchrashuv oldidan Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan salomlashmoqda

Foto: Meduza
Litva Qurolli kuchlari orkestri miting oldidan
Foto: Meduza

AQSH prezidenti Jo Bayden Vilnyusdagi mitingda nutq so‘zlamoqda. 2023-yil 12-iyul

Foto: Meduza
Foto: Meduza

NATO yetakchilarining kortejlari kelayotgani sababli Vilnyusda fuqarolik mashinalari harakati to‘sib qo‘yilgan ko‘cha.

Foto: Meduza

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »