Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 27 ta yirik shahar va tuman seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga ega. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, shaharlar bosh rejasini ishlab chiqishda seysmik mikrohududlashtirish katta o‘ringa ega bo‘lib, bu nafaqat seysmobardosh bino-inshootlarni loyihalash va qurish, balki shaharni seysmik darajasi pastroq hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish imkonini beradi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistondagi 27 ta yirik shahar va tumanlar seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga ega, yaʼni 1785 kvadrat kilometr hudud seysmik darajasi 9 ballgacha va undan yuqori bo‘lgan mikrohududlarga ajratilgan va ular shaharlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin egallagan.

Ammo bu xaritalar 40 yil avval tuzilgani sababli va zamonaviy qurilish texnologiyalari talabiga javob bermagani uchun ham bugun olimlar tomonidan ularning zamonaviy ilmiy qarashlarga asoslangan holda takomillashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan va u amaliyotga joriy etilgan.

Ushbu texnologiyani qo‘llagan holda 2022-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan respublikaning 584,85 kvadrat kilometr maydoni, yaʼni 3 ta yirik shahar — Andijon, Namangan va Farg‘onaning seysmik mikrohududlashtirish onlayn xaritalari yaratilgan.

2023-yilda esa olimlar tomonidan 15 ta yirik shaharlar —Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Jizzax, Guliston, Termiz, Nurafshon, Olmaliq, Zarafshon, Shahrisabz, Chirchiq, Yangiyer, Yangiyo‘l shaharlari umumiy maydoni qariyb 2100 kvadrat kilometr bo‘lgan hududda seysmik mikrohududlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Seysmik mikrohududlashtirishning asosiy maqsadi shahar hududida seysmik xavfni va bino-inshootlar infrastrukturaga seysmik taʼsirni ballarda va muhandis ko‘rsatkichlarda mikrohududlar bo‘yicha baholash va xaritalashdan iborat. Bu shaharsozlik uchun muhim bo‘lgan seysmik mustahkam qurilish ishlarini olib borish asosi hisoblanadi.

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yildagi zilzilalar

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bo‘lgan va ular natijasida yetkazilgan iqtisodiy zarar 84 milliard so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, mamlakatda yarim yil ichida 50 ta ko‘p qavatli uylar (to‘qqiz qavatli va undan ortiq) loyihalarining faqat uchtasi ma’qullangan. Qolganlari seysmik talablarga javob bermagan va qayta ishlash uchun yuborilgan

Mart oxirlarida O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila sodir bo‘lishi haqida turli xabarlar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirib, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini, O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir bo‘lishi va har doim shunday bo‘lganini bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »