Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda prezident va deputatlar saylovida ovoz berishda qatnashmaganlarni jarimaga tortish taklif qilindi. 

Foto: Economist

“Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti va parlament deputatlari saylovi to‘g‘risida”gi qonunga shunday o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. Hujjat Jogorku Kenesh saytida muhokamaga taqdim etilgan. 

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti va Jogorku Kenesh deputatlari saylovlarida ovoz berishdan bosh tortgan har bir fuqaro 5 ming som (salkam 700 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Faqat uzrli sabablarga ko‘ra ovoz berishni o‘tkazib yuborganlar bundan istisno qilinadi. Bunday sabablarning mezonlari qonun loyihasida ko‘rsatilmagan.

Ta’kidlanishicha, ko‘plab Yevropa davlatlari, Avstraliya, Braziliya, Turkiyada uzrli sabablarsiz saylovga kelmagan fuqarolarni javobgarlikka tortish amaliyoti mavjud. Hujjatga ko‘ra, mazkur chora saylovda yetarlicha faollikni ta’minlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »