Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2024-yildan boshlab Braziliya terma jamoasini boshqaradi. Bu esa Anchelottining 2023/24-yilgi mavsum oxirida madridliklar murabbiylik postini tark etishini bildiradi.

Foto: Getty Images

Florentino Peres Don Karloga kimni o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani noma’lum. Keling, “qaymoqranglilar” murabbiylik postini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar kim bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib ko‘ramiz.

Raul

Foto: Getty Images

Ispaniyalik — ajoyib tanlov. Hozirda “Kastilya”da ishlayotgan “Real”ning afsonasidan umidlar katta. Faqat bir savol qoladi: u katta sahnaga chiqishga tayyormi? Hozircha u Zidanning izidan ketmoqda. Muvaffaqiyati ham Zidanniki kabi bo‘larmikan?

Zinedin Zidan

Foto: Getty Images

Yana bir ajoyib nomzod. Zizu 2021-yilda “qaymoqranglilar” murabbiylik postini tark etganidan buyon ishsiz. Lekin u “Madrid”ni muvaffaqiyatlar sari yetaklay olishini ikki bor isbotlagan. 

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan 2016-yildan 2018-yilga qadar va 2019 dan 2021-yilga qadar “Real” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Fransuz qo‘l ostida jamoa uch marta ketma-ket Chempionlar Ligasi, ikki marta Ispaniya chempionatida zafar quchgan. 

Antonio Konte

Foto: Getty Images

“Tottenhem”ni tark etganidan so‘ng, Konte hozircha takliflarni qabul qilgani yo‘q. “Shporlar” tarkibidagi muvaffaqiyatsizlikni hisobga olmaganda, Antonio o‘zi ishlagan barcha klublarda sovrinlar qo‘lga kiritgan. Uning ham “Madrid” klubiga kelish ehtimoli yuqori. 

Joze Mourinyo

Foto: Getty Images

Nega endi yo‘q? Benazir hozircha “Roma”da faoliyat olib bormoqda. Budjeti kam klubda ham muvaffaqiyatli ishlamoqda. Mourinyo — “Real” afsonasi. Uning qaytishi ikkala tomon uchun ham yaxshi bo‘lishi mumkin. 

Maurisio Sarri

Foto: Getty Images

Sarri “Latsio” bilan mo‘jizalar yaratmoqda. U jamoani 2022/23-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, A Seriyada ikkinchi o‘rinni olishiga yordamlashdi. Shuningdek, Sarri “Napoli”da ham juda ajoyib faoliyat olib borgan, “Chelsi” bilan Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan va “Yuventus”ning so‘nggi bor skudettoni qo‘lga kiritishida katta rol o‘ynagan. 

Imanol Alguasil

Foto: Getty Images

Agar Peres La Ligadan biror mutaxassisni ishga jalb qilmoqchi bo‘lsa — Imanol eng munosib nomzod. Bask “Real Sosyedad” bilan o‘tgan mavsum La Ligada 4-o‘rinni egalladi. Shu tariqa uning qo‘l ostidagi jamoa o‘z tarixida beshinchi bor Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Xabi Alonso

Foto: Getty Images

“Madrid”ning sobiq futbolchisi “Bayer”ni boshqarmoqda. Xabi kelishidan oldin Bundesliganing so‘nggi o‘rinlarida borayotgan jamoani, ispaniyalik mutaxassis bir yildan kam vaqt ichida Yevropa Ligasi yarim finaliga qadar olib chiqdi. 

Bundesligani esa 6-o‘rinda yakunladi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »