Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

13-iyulga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli kuchlari Kiyevga kamikadze-dronlarini uchirdi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina poytaxti ustida “o‘nga yaqin” dronlarni urib tushirdi, ularning qoldiqlari shaharning Darnitsk, Solomensk, Shevchenkov, Obolonsk va Podolsk tumanlariga quladi, deb xabar bermoqda “UNIAN”.

Foto: “KGVA”

Kamida to‘rt kishi yaralangan, deydi Kiyev meri Vitaliy Klichko. Uning so‘zlariga ko‘ra, Podolsk tumanidagi xonadonlardan birida dron qoldiqlari tushishi oqibatida boshlangan yong‘inda bir kishi halok bo‘lgan.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududida jami 20 ta dron va ikkita qanotli raketa uchirganini ma’lum qildi, ularning barchasi urib tushirilgan.

Foto: Telegram
Foto: Telegram

Rossiya qo‘shinlari ketma-ket uchinchi kecha Kiyevga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qilmoqda. 11 va 12-iyul kunlari Ukraina poytaxti harbiy maʼmuriyati Kiyevda qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligi, barcha dronlar urib tushirilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »