Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya shaharlaridan birida erkak ruxsat etilgan miting chog‘ida NATO nizomini yoqib yubordi. U avvalroq diniy matnni yoqib yuborishini aytgandi. Bu haqda Aftonbladet xabar berdi.

Foto: TT

Erkak miting o‘tkazish uchun yozgan arizasida diniy matnni yoqib yubormoqchi ekanini ko‘rsatgan. Ko‘pchilik Qur’onning navbatdagi yoqib yuborilishidan xavotirlangani fonida erkak Xelsingborgdagi namoyishda alyansga muxolif ekanini aytib, NATO nizomini yoqib yuborgan.

Ruxsat etilgan mitingda 200 ga yaqin odam qatnashgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, miting tartibsizliklarsiz yakunlangan. 

2023-yil yanvar oyida Daniyaning islomga qarshi “Stram Kurs” (“Qattiq kurs”) partiyasini boshqarayotgan o‘ta o‘ngchi siyosatchi Rasmus Paludan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida musulmonlar uchun muqaddas kitobni yoqib yuborgandi. 

Shundan keyin Turkiya norozilik sifatida Shvetsiya mudofaa vazirining tashrifini bekor qilgan. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi.

28-iyun kuni Stokgolmda iroqlik erkak Qur’onni yoqib yubordi. Bag‘dod Qur’onning yoqilishini qoralab, “salbiy” oqibatlaridan ogohlantirdi va bu aksiyaning “so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini” ta’kidladi. Turkiya hodisani “islomga qarshi harakat” deb atadi, Marokash esa o‘z elchisini mamlakatdan chaqirib olishga qaror qildi. “Tolibon” Qur’on yoqilishiga javoban Shvetsiyaning Afg‘onistondagi muassasalari faoliyatini taqiqladi.

Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishi

21-yanvar kuni Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yubordi. Shundan keyin Turkiyada Shvetsiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligida ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi, unda Shvetsiya bayrog‘i yoqib yuborildi. 

23-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqealar fonida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar Shvetsiya va Finlyandiya terrorizmga qarshi kurashda Anqaraga yordam berishni xohlamasligini bildirdi. Ayni paytda mamlakatlar NATOga kirishda Turkiyadan yordam kutmoqda.

23-yanvar Niderlandiyada “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi” (PEGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi binosi oldida Qur’on kitobini omma oldida yirtib, yoqib yubordi. U Rasmus Paludanni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazilganini ma’lum qildi.

27-yanvar kuni Rasmus Paludan Kopengagendagi masjid oldida ham muqaddas kitobni yoqib yubordi. Holat yuzasidan Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi.

30-yanvar kuni daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »