Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov “ ‘Tibbiyot muassasalari va dorixonalarda Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida’gi buyruq, shuningdek, unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyruqni imzoladi. Hujjat matni "Lex.uz" qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga yuklandi.

Hujjatda yozilishicha, Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 27-oktabr kuni 878-sonli qaror qabul qilib, u bilan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarorga o‘zgartirishlar kiritgan. Ayni buyruq shu qonunning ijrosi va muvofiqligini ta’minlash maqsadida imzolangan.

Yangi qonun bilan sog‘liqni saqlash vaziri qabul qilgan uchta idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan. Bular:

  • 2000-yil 14-dekabrdagi 635-son “Tibbiyot muassasalari va dorixonalarda Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida”gi buyruq;
  • 2001-yil 4-oktyabrdagi 439-son “Dorixona va tibbiyot muassasalarida Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyruq;
  • 2017-yil 3-avgustdagi 104-son “Dorixona va tibbiyot muassasalarida Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq.

2017-yilda qabul qilinib, hozirda bekor qilingan hujjatda “Tramadol dori vositasi giyohvandlik vositalari ro‘yxatidan chiqarilgan”i yozilgan edi. Ammo Vazirlar Mahkamasining 2018-yilgi qaroriga ko‘ra, Tramadol O‘zbekiston Respublikasida muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning noqonuniy muomalasi tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ushbu qonunda ko‘rsatib o‘tilishicha, Tramadol vositasidan tibbiy maqsadlarda foydalanish, xususan, saraton kasaliga chalingan bemorlarga ma’lum chegaraviy miqdorda berish uchun bir qator talablarni bajarish, jumladan, maxsus sertifikatga ega bo‘lish so‘raladi.

Izoh

... ...

13.07.2023, 08:52

Sarlavxani notòģri. Vazir qanday qilib qonunni bekor qiladi. Qonun faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonun bilan òz kuni yòqotgan deb topilishi mumkin

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »