Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

From Russia with Love xakerlar guruhi 11–12-iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti ishtirokchilari xavfsizligi qanday taʼminlangani haqidagi maxfiy maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Foto: Delfi

Litvaning 15min nashri xabar berishicha, 12-iyul kuni Rossiyaning harbiy Telegram kanallaridan birida NATO davlatlari yetakchilarining qo‘riqchilari soni, sammit ishtirokchilarining harakatlanish yo‘llari va aloqa vositalari, shuningdek, sammit xavfsizligini ta’minlagan snayperlar guruhi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lgan.

Jami 29 ta fayl oshkor qilingan. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Lukas Apinisning ta’kidlashicha, NATO sammiti yakunlangani sababli ma’lumotlar unchalik ahamiyatli emas.

 “Agar bu ma’lumot avvalroq paydo bo‘lganida, uning qiymati ancha yuqori bo‘lar edi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Litva Davlat xavfsizlik departamenti ma’lumotlarning sizdirilishini tekshirmoqda.

11–12-iyul kunlari Vilnyusda NATO sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy mavzularidan biri Ukrainani qo‘llab-quvvatlash edi. Sammitning birinchi kunida NATO davlatlari Ukrainaning alyansga kirish jarayonini soddalashtirishga kelishib oldi, ammo “barcha ittifoqchilar rozi bo‘lib, shartlar bajarilgandagina” (qanday shartlar ekani noaniq) Ukraina alyansga taklif qilinishini qayd etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »