Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Shvetsiyadagi Isroil elchixonasi oldida Tavrotni yoqib yuborishga urinishni keskin qoralab, Stokgolmni “nafrat harakati”ning oldini olishga chaqirdi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lior Hayat o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq Shvetsiya rasmiylari Shabbat kuni Isroil elchixonasi yonida Tavrot va Injilni yoqib yubormoqchi bo‘lgan erkakning so‘rovini ma’qullagani ma’lum qilingandi.

“Isroil Shvetsiyadagi Isroil elchixonasi oldida Tavrotni yoqish niyatini keskin qoralaydi. Muqaddas kitoblarni yoqish nafrat va murosasizlikdir va so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Shvetsiya rasmiylarini muqaddas kitoblarni yoqishning oldini olishga chaqiramiz”, — deb yozdi diplomat.

O‘z navbatida, Isroilning Shvetsiyadagi elchisi Ziv Nevo Kulman ham Tavrotni yoqishga ruxsat berilishini qoraladi.

12-iyul kini BMTning Inson huquqlari kengashi Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyutsiya qabul qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »