Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

13-iyul kuni kechqurun Voronejga yaqinlashayotgan uchta dron urib tushirildi, deb xabar bermoqda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev.

“Qurbonlar, jarohatlanganlar va vayronalar yo‘q. Vaziyatni shaxsan nazorat qilyapman”, — deb yozgan Gusev boshqa tafsilotlarni keltirmagan holda.

Avvalroq OAV Voronejda Maslovskiy sovxozi yaqinida sodir bo‘lgan portlash videolarini e’lon qilib, bu urib tushirilgan dron qoldiqlari ekanini taxmin qilgandi.

SHOT maʼlumotlariga ko‘ra, dronlarning ehtimoliy nishoni Baltimor harbiy aerodromi bo‘lgan. Urib tushirilgan dronlarning turi haqida hozircha xabar berilmagan.

Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit ham dron hujumi haqida ma’lum qildi.

“Kurchatov shahrida tunda uchuvchisiz uchoq quladi”, — deb yozadi u Telegram’da. “Dronning qulashi va keyinchalik portlash oqibatida muhim ahamiyatga ega obyektlarga zarar yetmadi”.

Starovoit dron parchalari ko‘p qavatli turar joy binosining “fasadi va derazalariga teggan”ini aytdi.

Mash nashrining yozishicha, Kurchatovdagi dron qo‘lbola bo‘lib, daraxtga qulagan. Oldin bunday dronlar Ukraina Qurolli kuchlarida kuzatilmagan, deb ta’kidlaydi nashr.

Ma’lumot uchun Kurchatov shahri Kursk atom elektr stansiyasi yaqinida joylashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »