Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turinning “Yuventus” klubi Yevropa Superligasidan chiqib ketmoqchi.

Foto: Getty Images

Turinliklar kerakli jarayonlarni boshlaganini ma‘lum qildi.

“Yuventus” “Real” va “Barselona” (hali Superliga g‘oyasidan voz kechmagan klublar) bilan muzokaralarni boshlagan. Shartnomani bekor qilish faqatgina “Real”, “Barselona” va Superliga loyihasida ishtirok etuvchi qolgan klublar tomonidan ma’qullanganidan so‘ng amalga oshishi mumkin. “Byankonerilar” bu borada bayonot bilan chiqdi. 


2021-yilning 18-aprel kuni 12 klub (“Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Arsenal”, “Tottenhem”, “Barselona”, “Real”, “Yuventus”, “Atletiko”, “Inter” va “Milan”) boshchiligida Yevropa Superligasiga asos solingandi. Oradan ikki kun o‘tib qator klublar birin-ketin loyihani tark eta boshladi va Superliga loyihasi vaqtincha to‘xtatildi. Faqat “Real”, “Barselona” va “Yuventus” loyihani tark etmagandi. 2023-yil boshida Superliga qayta tiklanishi borasida xabarlar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning noyabrida moliyaviy ayblovlar ortidan “Yuventus” rahbariyati iste’fo bergandi. Yanvar oyida esa klubning sobiq prezidenti Andrea Anyelli va bosh direktor Maurisio Arrivabene 2 yilga, sobiq vitse-prezident Pavel Nedved 8 oyga, Fabio Paratichi esa 2,5 yilga futboldan chetlatilgan.

2023-yilning yanvar oyida A Seriyada klubdan 15 ochko olib qo‘yilgan, aprel oyida qaror bekor qilingandi. May oyida esa 10 ochko olib tashlash borasida yakuniy qaror qabul qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »