Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Yaponiya Xitoy va Tayvan o‘rtasida qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda “birlashgan operativ reja”ni ishlab chiqishga harakat qilmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib.

Nashrga ko‘ra, Vashington Tokioni Tayvan yaqinidagi Xitoy suvosti kemalarini “ovlash”da ishtirok etishga undamoqda.

WSJ aniqlik kiritishicha, AQSH va Yaponiya bir yildan ortiq vaqt davomida reja ustida ishlamoqda. Ular qurol-yarog‘ yetkazib berish yo‘llari, raketa o‘rnatish maydonchalari va qochqinlarni evakuatsiya qilish rejalarini muhokama qilmoqda, deyiladi maqolada.

Nashrning ta’kidlashicha, Yaponiya AQSH armiyasini yonilg‘i va “boshqa resurslar” bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qilgan, ammo Vashington bu borada masalaga “ko‘proq oydinlik kiritmoqchi”.

Pentagon matbuot kotibining WSJ’ga aytishicha, AQSH va Yaponiya Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik o‘rnatish masalasida hamfikr va Vashington Tokioning “o‘z roli, missiyalari va imkoniyatlarini kengaytirishdan” manfaatdorligini ma’qullaydi, bu esa Xitoyni “tiyib turishni kuchaytiradi”.

Tomonlar mojaro yuzaga kelgan taqdirda reja tayyorlayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolga Yaponiya hukumati vakili mamlakatlarning “qo‘shma mudofaa rejalari” borligini aytdi, ammo tafsilotlarni ma’lum qilmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »