Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arb kuchli bo‘lishi va Ukrainani imkon qadar tezroq NATOga hech qanday shartlarsiz qabul qilishi kerak, deydi Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Daily Mail uchun yozgan maqolasida.

Foto: Getty Images
“Xo‘sh, ular nimadan qo‘rqdi? NATO rahbarlari shu hafta Vilnyusga kelganida, ular qilishi kerak bo‘lgan narsa kundek ravshan edi. Ular kuchli bo‘lishi kerak edi. NATOning mohiyati shu”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansdan bor-yo‘g‘i Ukrainaga urush tugashi bilanoq NATOga qo‘shilishi mumkinligini tushuntirish talab qilingandi, bu “to‘g‘ri signal” bo‘lardi. Biroq buning o‘rniga ukrainaliklarga “qachon barcha ittifoqchilar rozi bo‘lsa, shartlar bajarilsa, NATOdan taklif olishi” aytildi.

“Boshida prezident Zelenskiy uchun hafsalasi pir bo‘lganini yashirish qiyin bo‘lgan bo‘lsa ajabmas”, — dedi sobiq bosh vazir.

U 2008-yilda Buxarestda bo‘lib o‘tgan alyans sammitini eslatib o‘tdi, o‘shanda Ukraina va Gruziyaning kelajakda NATOga kirishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

“Ittifoqchilar qachon kelishuvga erishadi? Qachon shartlar bajariladi? Ittifoqchilar bularning barchasini 15 yil oldin kelishib olgandi!” — ta’kidladi Jonson. “Hali hech bir davlat NATOga a’zo bo‘lishga tayyorligini namoyish etish uchun Ukrainadan ortiq harakat qilmagan. Hech bir harbiy kuch NATO qurollaridan foydalanishda kuchliroq yoki samaraliroq emas. Hech bir davlat NATOga a’zo bo‘lishga bunchalik muhtoj emas”.

Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitda Kiyevdan Ukrainaning NATOga aʼzo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasi talablariga rioya qilish zaruratini olib tashlashga qaror qilindi. Shu bilan birga, ittifoqchilar Ukrainani “barcha shartlar bajarilgandagina” alyansga taklif qilishini ochiq-oydin bildirgan. Biroq sammitda Kiyev bajarishi kerak bo‘lgan shartlar ro‘yxati oshkor etilmagan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy  NATO davlatlarining Ukrainaga nisbatan pozitsiyasini tanqid qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »