Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Shimoliy Atlantika alyansi sammitida “psixologik to‘siq”ni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lindi, deb hisoblaydi va “Ukraina haqiqatan ham NATO aʼzosi sifatida ko‘rilyapti”, degan fikrda. TIV rahbarining so‘zlarini “Yevropa haqiqati” nashri keltirdi.

Foto: Photoshot
“Yopiq eshiklar ortida hamma juda bosiqlik bilan aytyapti: xavotir olmang, masala hal, siz NATO aʼzosi bo‘lasiz”, — dedi Kuleba.

Sammit natijalaridan qoniqyapsizmi, degan savolga vazir: “Umuman olganda, ha”, — deb javob berdi.

“Meni faqat bir lahza qanoatlantirmadi: sammit kommyunikesi matnida Ukraina yo aʼzolikka taklif qilingani, yoki ertaga shartli ravishda taklif qilinishi haqida aniq gaplar yo‘q”, — dedi TIV rahbari.

Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitda Kiyevdan Ukrainaning NATOga aʼzo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasi talablariga rioya qilish zaruratini olib tashlashga qaror qilindi. Shu bilan birga, ittifoqchilar Ukrainani “barcha shartlar bajarilgandagina” alyansga taklif qilishini ochiq-oydin bildirgan. Biroq sammitda Kiyev bajarishi kerak bo‘lgan shartlar ro‘yxati oshkor etilmagan.

Ukrainaning NATOga aʼzo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasi — ochiq eshiklar siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, beshta yo‘nalish – siyosiy va iqtisodiy sohalar, mudofaa jihatlari, resurs masalalari, xavfsizlik va qonunchilik bo‘yicha aniq qadamlarni o‘z ichiga oladi.

Ukraina alyans a’zosi bo‘lmasa-da, 2020-yil iyun oyidan beri NATO bilan hamkorlikning alohida maqomiga ega.

2022-yil 30-sentabrda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning tezlashtirilgan rejimda NATO a’zoligiga ariza berish qarorini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »