Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter reklamadan tushgan daromadni mavjud monetizatsiya tizimidan tashqari tanlangan kontent yaratuvchilari bilan baham ko‘rishini e’lon qildi, deyiladi kompaniya veb-saytida.

“Biz kontent yaratuvchilar uchun monetizatsiya taklifimizni kengaytirmoqdamiz, bu reklama daromadlarini bo‘lishishni o‘z ichiga oladi”, deyiladi ijtimoiy tarmoq saytida.

Dasturda ishtirok etish uchun siz bir qator shartlarga javob berishingiz kerak, jumladan, Twitter Blue’ga obuna bo‘lishingiz yoki verifikatsiyaga ega bo‘lishingiz, ketma-ket uch oy davomida tvitlaringiz har oy kamida besh milliondan ko‘rilgan bo‘lishi va to‘lovlarni qabul qilish uchun Stripe to‘lov platformasida akkauntingiz bo‘lishi kerak.

Twitter yaqinda reklamadan daromad olish uchun ariza berish jarayonini boshlaydi. Ijtimoiy tarmoqning Twitter akkauntida aytilishicha, dastur shu oy oxirida kengaytiriladi.

Mazkur funksiya Stripe to‘lov platformasi ishlaydigan barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Kompaniya to‘lovlarni qabul qila oladigan birinchi foydalanuvchilar guruhi bilan ishlashni boshlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »