Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil harbiylari havo hujumlari nishonlarini topish va harbiy operatsiyalar logistikasi uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.

“Hozirgi vaqtda havo hujumlari uchun nishonlarni tanlashda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashga qodir bo‘lgan sun’iy intellekt tavsiyalar tizimi qo‘llanilmoqda”, — deb yozadi agentlik rasmiylarga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi havo hujumlarini “o‘q-dorilarni hisoblash, havo hujumlarini belgilash va rejalashtirish” uchun qo‘llaniladigan Fire Factory sun’iy intellekt tizimi yordamida tashkil qilish mumkin.

Ikkala tizim ham operatorlar nazorati ostida bo‘lsa-da, bu texnologiya xalqaro miqyosda ham, davlat darajasida ham tartibga solinmagan, — deb ta’kidlaydi agentlik.

Isroil harbiylari sun’iy intellekt tizimlaridan anchadan beri foydalanib keladi, biroq so‘nggi yillarda ularni qo‘llash doirasi sezilarli darajada kengaydi.

Endi bu tizimlar “juda katta hajmdagi dron va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini, elektron signallarni, onlayn aloqalarni va harbiy maqsadlarda foydalanish uchun boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ulkan raqamli arxitekturadir”, deyiladi agentlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »