Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreyada kuchli yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Foto: South Korea National Fire Agency

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xabariga ko‘ra, vaziyat o‘zbek diplomatlari nazoratiga olingan.

Janubiy Koreyada o‘tgan haftadan beri kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Koreya meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kunidan hozirgi kunga qadar bir qancha hududlarda 470 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘gan.

Yonhap agentligi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 32 kishiga yetdi, yana 10 kishi bedarak yo‘qolgan.

Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, bir qator markaziy va janubiy viloyatlarda yomg‘ir seshanba kuniga qadar davom etadi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu hududlarda 300 millimetrgacha qo‘shimcha yog‘ingarchilik yog‘ishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »