Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya, NATOning umumiy xavfsizlik masalalarini, jumladan, blokning geografik kengayishini hal qilishda yaqin hamkor bo‘lishda davom etadi, dedi Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun.

“Turkiya NATOning kengayishi butun dunyoda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning kaliti, deb hisoblaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, rasmiyning tushuntirishicha, Turkiya NATOning geografik kengayishini “aniq bir davlatga qarshi emas, balki ittifoqni barqarorlikka erishishga yordam beradigan keng qamrovli xavfsizlik tashkilotiga aylantirish maqsadida” qo‘llab-quvvatlaydi.

Altun, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi geografik quruqlik ko‘prigi va Qora dengizga olib boradigan suv yo‘llarini nazorat qiladigan davlat sifatida Turkiyaning “g‘arbiy lagerda bo‘lish juda muhim” dedi.

“Turkiyaning NATOga uzoq vaqtdan beri sodiqligi Yevropani himoya qildi. Uning davomli ishtiroki qit’a xavfsizligi uchun juda muhim”, — deb yozdi Fahrettin Altun.

Shuningdek, Altun “Anqara ittifoqning umumiy muammolarini hal qilishda NATOning hamkori bo‘lishda davom etadi”, deb ishontirdi va bu “milliy xavfsizlik talablariga muvofiq” amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »