Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbek shou-biznesida hayotidagi eng unutilmas kun — nikoh to‘yini xorijiy mamlakatlarda nishonlaganlar talaygina. Quyida shu haqda so‘z boradi.

Mohichehra Shomurodova

Foto: Instagram / @mohichehra_shamurotova

Maqom qo‘shiqlarining mohir ijrochisi Mohichehra Shomurodova omadsiz turmushidan so‘ng o‘z baxtini topdi. U turk yigiti bilan oila qurdi va ularning nikoh oqshomi Turkiyada bo‘lib o‘tdi. To‘y kichik yaxtada, faqat eng yaqin do‘stlar ishtirokida o‘tdi. Kelin-kuyovlar ayni damda asal oyini Antaliyada o‘tkazishmoqda. Xonanda turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekistonga qaytishi va shu yerda yashashini ma’lum qildi.



Sarvara

Foto: Instagram

Xonanda Sarvara ham o‘zga millat vakili bilan oila qurgan. U to‘yi haqidagi gaplarni tasdiqlagan bo‘lsa-da, bugungi hayotini ochiqlashni istamaydi. Faqatgina turmush o‘rtog‘ining turk millatiga mansub ekanligi va ularning to‘yi Istanbulda bo‘lib o‘tganini ma’lum qilgan. Xonanda to‘yi bo‘lmasidan avvalroq Toshkentdagi uyini sotib, Turkiyaga ko‘chib o‘tgandi.

Nilufar Sotiboldiyeva

Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

Taniqli boshlovchi Nilufar Sotiboldiyevaning nikoh oqshomi ham xorijda bo‘lib o‘tgan. Kuyov o‘zbek, ammo o‘sha vaziyatda O‘zbekistonga kirishi bilan bog‘liq muammolar sabab, u to‘yini Maldiv orollarida qilishiga to‘g‘ri kelgan. 

Sitora Alimjonova

Foto: Instagram

Aktrisa Sitora Alimjonovaning to‘yi 2017-yili Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tgan. Aktrisaning aytishicha, kuyov o‘zbekistonlik tadbirkor. Ammo uning orzulari sabab, to‘y kichik davrada, xorijda bo‘lib o‘tgan. Afsuski, ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi, to‘yi bilan bog‘liq xotiralar qoldi, xolos.

Nargiza Salmonova

 Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
Foto: Instagram

Aktrisa Nargiza Salmonova esa Emrah Sayan ismli turk yigiti bilan oila qurgan. Ularning to‘yi 2018-yili avgust oyida Turkiyaning Bosfor dengizi sohillarida bo‘lib o‘tgan. Nargiza ayni paytda ilk marta farzandli bo‘lish arafasida turibdi. 

Kamola Arslonova

Foto: Instagram /@diyora.ars

Xonanda va aktrisa Kamola Arslonova Turkiyaga qilgan sayohati davomida Mesut ismli yigitni uchratgan. Ular bir-biriga ko‘ngil qo‘yib, oila qurishga qaror qilishgan. Ularning to‘yi 2014-yilda Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan. Hozirda baxtli oilaning ikki nafar farzandlari bor.

Fotima Vohidova

Foto: Skrin

Murod Rajabov rejissorligida suratga olingan “Anora” filmida yetim qiz rolini maromiga yetkazib ijro etgan aktrisa Fotima Vohidova ham turk oilasiga kelin bo‘lgan. Niyozi va Fotima Vohidovalarning nikoh to‘yi 2018-yili Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Aktrisa Shahin bilan Turkiyaga sayohatga borgan paytida tanishgan. Ammo uchrashuvga qadar o‘zbek qizlarining turk yigitlariga turmushga chiqishini to‘g‘ri qabul qilmaganini yashirmaydi. Hozirda sobiq aktrisa Sumayya Simay ismli qizchani dunyoga keltirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »