Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Energetika vazirligi arzimagan mablag‘ evaziga Qirg‘izistonga katta miqdorda elektr energiyasi yetkazib berilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossizligini e’lon qildi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston elektr energiyasini o‘zaro tovar ayirboshlaydi. Markaziy Osiyo davlatlari energetika tizimi, xususan, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari energetika tizimi parallel ravishda ishlaydi.

Shuni hisobga olgan holda ikki mamlakat energetika kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, elektr energiyasini yetkazib berish o‘zaro tovar ayirboshlash (olgan miqdori hajmida qaytarish) sharti bilan amalga oshiriladi.

Shunga asosan, 2023-yil bahor mavsumida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga (ichki isteʼmol past davrda) 150 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

O‘z navbatida, kelishuvga asosan, ushbu hajmdagi elektr energiyasini Qirg‘iziston O‘zbekistonga yoz mavsumida qaytaradi. Shu bilan birga, Qirg‘iziston O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun shu davrda Norin daryosi orqali suv yetkazib beradi.

“O‘zbekiston Respublikasi arzimagan mablag‘ evaziga Qirg‘iz Respublikasiga katta miqdorda elektr energiyasi yetkazib bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar shu jihatdan mutlaqo asossizdir”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »