Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, departament hamda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda I.N. ismli shaxs fuqaro J.Sh.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 3 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, oldindan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamshirasi M.N. fuqaro X.M.ni tanishlari yordamida ushbu markazga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 900 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Xuddi shunday, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i J.A. fuqaro M.K.ni shahardagi tibbiyot birlashmalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika sobiq bosh hamshirasi S.K. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni birlashmaning patronaj xizmatiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. U 750 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullar hisobidan 500 ming so‘mni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy ishga kiritish holatlari

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2 000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »