Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning G‘azni viloyatida “Tolibon” to‘y kechasi kuyov va uning 20 nafar mehmonini hibsga oldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Arshehonline

Ma’lum qilinishicha, hibsga olinishga ularning to‘yda musiqa qo‘ygani sabab bo‘lgan. Odamlar 20 ming afg‘oni (taxminan 2 million 634 so‘m) jarima to‘laganidan keyin Jamoat ishlari vazirligi tomonidan qo‘yib yuborilgan.

O‘tgan haftada xuddi shunday tadbir doirasida “Tolibon” Nabovod tumanidagi to‘yxonadan 10 kishini qo‘lga olib, jarima to‘lab, yana qo‘yib yuborgan. “Tolibon” ma’muriyati bu ishni o‘zi uchun daromad manbaiga aylantirgani aytilmoqda.

G‘aznidagi “Tolibon” maʼmuriyati qatʼiy cheklovlar o‘rnatish orqali ushbu viloyatning barcha aholisini to‘y marosimida musiqa chalishga haqli emasligidan ogohlantirgan.

“Tolibon” to‘yxonalar faoliyatini taqiqlagan

“Tolibon” fohishabozlikning oldini olish va “islom shariati”ga rioya qilish sababli bir necha zallarni yopib qo‘ygan.  To‘yxona egalari “Tolibon” harakatini tanqid qilgan. Ulardan biri “Tolibon”ning qarori ishsizlikning ortishiga olib kelishi, investorlarning mamlakatda ishlashga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirishini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »