Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Intizomiy jazoga tortilgan amerikalik harbiy ikki Koreya o‘rtasidagi chegara chizig‘ini kesib o‘tib, Shimoliy Koreyaga keldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: The New York Times

AQSHning Janubiy Koreyadagi harbiy qo‘shinlari matbuot kotibi Isaak Teylorning aytishicha, harbiy ikki Koreya o‘rtasidagi qo‘shma xavfsizlik zonasiga tanishuv safari chog‘ida “qasddan va ruxsatsiz harbiy chegara chizig‘ini kesib o‘tgan”. Teylorning aytishicha, askar KXDR hibsxonasida bo‘lishi mumkin, “bu hodisani hal qilish” ustida ish olib borilmoqda.

Anonimlik sharti bilan ikki amerikalik mulozim qochoq harbiyni AQSH qurolli kuchlari tomonidan intizomiy choralar kutayotganini aytdi.

Rasmiylar, shuningdek, gap Janubiy Koreyada qamoqdan ozod qilingan oddiy askar Trevis King haqida ketayotganini aytdi. Uni intizomiy jazo choralari sababli AQSHga olib ketish kerak bo‘lgan. Biroq, aeroportda xavfsizlikni rasmiylashtirgandan so‘ng, u “qandaydir” tarzda ortga qaytgan, sayyohlik guruhiga qo‘shilgan va KXDR chegarasini kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqea guvohining aytishicha, askar baland ovozda kulgan holda ba’zi binolar orasidan yugurib, chegarani kesib o‘tgan. 

“Avvaliga bu yomon hazil deb o‘yladim, lekin u qaytib kelmagani sababli bunday emasligini angladim. Keyin hamma bunga munosabat bildirdi”, — deydi voqea guvohidan biri.

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi demarkatsiya chizig‘i 1953-yilda harbiy harakatlar oxirida o‘rnatilgan. O‘shandan beri ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »