Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mudofaa vazirligi “Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘ydi. Hujjat 27-iyundan 12-iyulgacha jamoatchilik muhokamasida bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qaror matnida qayd etilishicha, prezidentning “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim)larning oila a’zolari hamda ularning qaramog‘idagi shaxslarga alohida imtiyoz va kafolatlar belgilangan.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchi (xodim)lari tomonidan harbiy xizmat o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga xizmat safari xarajatlarini qoplab berishni tartibga solish zarurati mavjud. Shunga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash uchun hukumatning ayrim qarorlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab etilmoqda.

Muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasi bilan ayrim hukumat qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

  • vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lganda davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi doirasida to‘lanadigan sug‘urta summasini belgilash;
  • vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim)larning oila a’zolariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiya to‘lash tartibini belgilash;
  • vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar)ning oila a’zolari belgilangan tartibda turar joyga muhtoj deb tan olinganda, ularni uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda turarjoy bilan birinchi navbatda ta’minlash;
  • harbiy xizmatchi (xodim)larga xizmat safari xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillashtirish.

Qonun loyihasiga ko‘ra:

  1. sug‘urtalangan shaxs (harbiy xizmatchi) 2023-yil 1-aprel va undan keyingi davrlarda prezidentning tegishli qarorlariga asosan favqulodda holat (urush holati) e’lon qilingan va (yoki) harbiy (jangovar) harakatlar olib borilayotgan davrda yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida halok bo‘lganda — uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) to‘lovni amalga oshirish kunidagi respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
  2. sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda (ayrim holatlar bundan mustasno) yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir yil mobaynida olingan jarohat (kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) to‘lovni amalga oshirish kunidagi respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 84 baravari miqdorida;
  3. sug‘urtalangan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — b-punktdagi to‘lov (BHM 84 baravari)ning 75 foizi, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — 50 foizi, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — 30 foizi miqdorida;
  4. sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda — BHM 84 baravari to‘lovning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sug‘urta puli to‘laydi.

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim)ning oila a’zolariga ularning mulki (nomi)da turarjoy bo‘lmagan taqdirda to‘lanadi.

Pul kompensatsiyasi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yangi nikohga kirmagan turmush o‘rtog‘i va (yoki) halok bo‘lgan harbiy xizmatchining qaramog‘ida bo‘lgan ota-onasidan biriga to‘lanadi.

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yangi nikohga kirgan turmush o‘rtoqlariga, keyinchalik ular yangi nikohidan ajrashganida yoki beva qolganida pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi.

Turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno):

  • Toshkent shahrida – BHMning to‘rt baravarigacha miqdorda;
  • Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – BHMning uch baravarigacha miqdorda;
  • O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida – BHMning ikki baravarigacha miqdorda to‘lanadi.

Pul kompensatsiyasi oluvchi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zosi (turmush o‘rtog‘i, ota-onasidan biri) bilan birga yashaydigan oila tarkibi uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (pul kompensatsiyasi oluvchi shaxsni hisoblamagan holda) pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda pul kompensatsiyasi oluvchi oila a’zosi bilan birga yashaydigan shaxslar (halok bo‘lgan harbiy xizmatchining farzandlari, harbiy xizmatchi hayotligida farzandlikka olgan shaxslar, harbiy xizmatchining oila a’zolari tomonidan farzandlikka olingan shaxslar, xizmatchining qaramog‘idagi ota-onasi, shu jumladan turmush o‘rtog‘ining ota-onasi) hisobga olinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »