Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun to‘rt marta sudlangan O.A. fuqaro I.M.ga tanishlari yordamida “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari va Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.A.” MCHJ o‘rgatuvchisi G‘.E. fuqaro U.M.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 4,2 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Xuddi shunday, departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda A.X. ismli shaxs fuqaro A.T.ga “B. C.” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 300 dollarni olgan vaqtida, Sho‘rchi tumanida esa A.N. fuqaro T.J.ga imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Aprel oxirlarida Toshkent viloyatida soxta sertifikat evaziga haydovchilik guvohnomasi olgan fuqaroga sud hukmi o‘qilgandi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2,5 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. May o‘rtalarida bo‘lsa, Farg‘onada 200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab rahbari ushlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »