Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

18-iyulga o‘tar kechasi Ukraina harbiylari Odessa osmonida Rossiyaning 6 ta “Kalibr” raketasini, shuningdek, Odessa va Nikolayev viloyatlarida 25 ta Shahed kamikadze dronlarini urib tushirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlarining “Janub” tezkor qo‘mondonligi.

Foto: Telegram
“Havo hujumidan mudofaa kuchlarini aniqlash va yo‘q qilish uchun bir nechta jangovar dronlar to‘lqini uchib keldi. Shundan keyin Qora dengizdan Odessa tomonga oltita ‘Kalibr’ uchirishdi”, — deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari xabarida.

Odessa viloyati ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning aytishicha, Odessada urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari port infratuzilmasi obyektlari va bir nechta xususiy uylarga zarar yetkazgan. Ulardan birida tinch fuqaro jarohatlangan.

Foto: Telegram

Nikolayevda hujum oqibatida sanoat obyektida zarba qayd etildi, u yerda yong‘in boshlandi, deydi Nikolayev viloyati ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim. Qurbonlar yo‘q.

Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram

Ukraina prezidenti ofisining rahbari Andrey Yermak Rossiyaning Ukraina janubiy viloyatlariga hujumini Ukraina donini eksport qilishiga xalal berishga urinish deb baholadi.

“Rossiyaning Odessa va Nikolayevga raketalar va dronlar yordamida amalga oshirgan tungi hujumi terrorchi mamlakatning Ukraina oziq-ovqat eksportiga qaram bo‘lgan turli mamlakatlardagi 400 million kishining hayotini xavf ostiga qo‘ymoqchi ekaniga yana bir dalilidir”, — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.

18-iyulga o‘tar kechasi Ukraina harbiylari jami Rossiyaning 6 ta “Kalibr” raketasini, 31 ta Shahed-136/131 dronini va bitta razvedkachi samolyotini urib tushirdi, deydi Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi. Xabarda taʼkidlanganidek, raketalar va uchuvchisiz uchoqlarning aksariyati Odessa va Nikolayev viloyatlarida, qolganlari Donetsk, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarida urib tushirilgan.

Avvalroq Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim rahbari yarimorol sharqiga 30 ga yaqin dron hujum qilgani haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, dronlar urib tushirilgan yoki zararsizlantirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »