Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab kuchli “Talim” to‘foni yopirildi, 230 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda CGTN xabar berdi.

Foto: Getty Images

Yuzlab reyslar va poyezdlar harakati bekor qilingan, mahalliy hukumat qirg‘oq bo‘yidagi o‘nlab sayyohlik markazlarini yopgan va 2500 dan ortiq baliqchi qayiqlarini qirg‘oqqa chaqirib olgan.

Xitoy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyul kuni kechqurun shamol tezligi soatiga 140 kilometrga yaqin bo‘lgan Guandun provinsiyasida birinchi tayfun qayd etilgan. Seshanba kuni u qo‘shni Guangsi provinsiyasiga ko‘chgan.

Shundan so‘ng, tayfun Vyetnam tomon yo‘l olgan, bu vaqtga kelib u allaqachon zaiflashgan. Guandun provinsiyasida daraxtlar harakatlanayotgan mashinalar ustiga qulagan, dengiz qirg‘og‘ida kit yuvilib ketgan.

O‘t o‘chiruvchilar yo‘llarni vayronalardan tozalagan va daraxtlarning qulagan shoxlari tufayli mashinalarida qolib ketgan odamlarni qutqargan.

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon viloyatidagi chekka shaharda Selsiy bo‘yicha mamlakatdagi eng issiq harorat — 52,2 daraja qayd etilganidan ikki kun o‘tib, Xitoyga tayfun kirib keldi.

Kuchli yomg‘ir va anomal issiqlik kabi ekstremal ob-havo hozir Osiyoning katta qismiga ta’sir qilmoqda. Yaponiyaning ko‘plab hududlarida havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilgan, shu sababli mahalliy hokimiyat mamlakatning 47 prefekturasidan 32 tasida ogohlantirish bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »