Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bruklindagi otishmada og‘ir yaralangan 15 yoshli o‘zbekistonlik o‘smir vafot etdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

Marhum Faridun Mavlonov professional UFC jangchisi bo‘lishni orzu qilgan va Jeyms Medison o‘rta maktabi o‘quvchisi bo‘lgan. U 17-iyul kuni ko‘chada yuz bergan otishmada bel sohasidan yaralangan.

“Bugun o‘g‘lim vafot etdi. Balki yana bir kun boshqa odamlarning o‘g‘li vafot etadi. Har vaqt, har kun xavfli”, — deydi marhumning otasi.

Faridun Mavlonovning otasi
New York Post

Nyu-York politsiya departamenti boshlig‘i Jeyms Essigning aytishicha, marhum shunchaki noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri joyda bo‘lgan.

17 yoshli otishmada gumonlangan o‘smir politsiya qidiruvida, hali ham qo‘lga olinmagan. U Franklin Delano Ruzvelt yuqori maktabida boshqa bir bola bilan janjallashgan va ikkalasi mushtlashishga kelishib olgan.

Otishma joyidan olingan surat
New York Times

Otishma nishoni bo‘lgan o‘smir besh nafar bola, jumladan, Mavlonov bilan ketayotganida gumonlanuvchi ularga yetti marta o‘q uzgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, o‘q otishmachining raqibiga emas, Mavlonovga teggan.

Videokuzatuv kameralarida 17 yoshli gumonlanuvchi o‘t ochganini ko‘rish mumkin. 
New York Times

O‘lim darajasida yaralangan Mavlonov zudlik bilan Maymonidlar tibbiyot markaziga yetkazilgan, u og‘ir ahvolda ro‘yxatga olingan. Biroq politsiya u 18-iyul kuni ertalab olgan jarohatlari oqibatida vafot etganini aytgan.

O‘zbekistonlik o‘smir UFC jangchisi bo‘lishni orzu qilgan va ko‘pincha ringda ham, munosabatlarda ham himoyaviy pozitsiyani egallagan, deydi uning do‘sti.

“U hech qanday vaziyatda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymasdi. Esimda, aslida uni janjalni to‘xtatishga chaqirgandim. U jang qilishni xohlamadi. Hamma uchun katta akadek edi”, — deydi u.
Voqea joyida ishlayotgan politsiya xodimlari
New York Post

Mavlonov bilan bir xil dzyudo maktabiga borgan o‘smir uni shunday eslaydi:

“Kimdir bilan gaplashish kerak bo‘lsa, u doimo hozir bo‘lardi. U sizni birinchi o‘ringa qo‘yardi va g‘amxo‘rlik qilardi. Boshqalarning kuni yaxshi o‘tishida ishtirok etardi va keyin o‘z kunini kechirardi. Juda yaxshi do‘st edi. U juda yetuk bola edi”.

O‘zini Mavlonov dadasining amakivachchasi deb tanishtirgan 39 yoshli Azat Jo‘rayev marhumni “juda mehribon va xotirjam bola” deb atadi.

“U sport bilan shug‘ullangan, maktabda ham yaxshi o‘qigan. Yaxshi do‘st edi va uning ko‘plab do‘stlari bor edi”.

Jo‘rayevning qo‘shimcha qilishicha, qarindoshining “dushmanlari bo‘lmagan” va doimo muammolardan chetda bo‘lgan, hech qachon janjallarga aralashmagan.

“Jinoyatchi jazolanishi kerak. Oiladagi yo‘qotilgan bolaning o‘rnini hech kim bosa olmaydi va shu uchun aybdor jazolanishi kerak”.

Jabrlanuvchining dadasi ishlaydigan sartaroshxona yonidagi yuk tashuvchi shirkat egasi, 37 yoshli Mansur Jahongirovning aytishicha, o‘ldirilgan o‘smir “doim otasining gapiga quloq solgan”.

“U otasini ko‘rishga kelardi, bilasizmi, unga sochiq va shunga o‘xshash narsalarni olib kelishga yordam berardi. U haqiqatan ham yaxshi edi. Baʼzan otasini ko‘rgani ukalarini ham olib kelardi. Ularning hammasi mehnatkash”, — deydi o‘zbekistonlik Jahongirov.

15 yoshli marhum olti farzandning eng kattasidir: uning ikki ukasi va uch singlisi bor. U O‘zbekistonda tug‘ilgan va AQSHga 10 yil avval kelgan.

“Men uchinchi dunyo mamlakatidanman, shuning uchun bizda hech qachon bunday voqealar bo‘lmagan, mamlakatimda (O‘zbekistonda) hech qachon bir-birimizni o‘ldirmaymiz”,  — deydi o‘zbekistonlik sartarosh.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »