Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 18-iyul kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ProfPack chiqindilarni qayta ishlash korxonasiga press-tur uyushtirdi. Tadbir davomida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi boshqarma boshlig‘i Umar Abdullayev mamlakatda chiqindilarni qayta ishlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aytilishicha, ProfPack qog‘oz chiqindi va makalaturalarni qayta ishlovchi korxona bo‘lib, kuniga 2 ming tonna qog‘oz qayta ishlanadi.

“Respublika aholisi sonining oshib borishi, turmush darajasining yaxshilanishi, mahsulotlarning turlari ko‘payib borishi bilan chiqindilarning ko‘rinishi va hajmi ham ortib bormoqda. Chiqindilar bilan kuzatiladigan eng katta muammo — bu ularni o‘z vaqtida utilizatsiya qilish masalasi, ulardan samarali foydalanish, aylanma iqtisodiyot orqali qayta ishga tushirish kerak. Respublikada har yili o‘rtacha 7 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Bu oilada o‘rtacha har bir kishi kuniga 650—750 gramm chiqindi chiqaradi, degani. Endi bu chiqindilarning taqdiri nima bo‘ladi?” — deydi Umar Abdullayev.

Boshqarma boshlig‘ining bildirishicha, hozirda respublikada hosil bo‘ladigan chiqindilarning uchdan bir qismigina qayta ishlanadi.

“Bizda hozircha chiqindilarni saralash-yig‘ish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Chiqindixonalar, poligonlarda qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan ko‘plab chiqindilar boshqa, yaroqsizlari tarkibiga aralashtirib yuboriladi. Agar mana shunday qog‘ozlarni qayta ishlovchi korxonalarga chiqindilar saralangan holda yetib kelganida edi, juda ko‘pini qayta ishlash imkoni bo‘lardi. Hozir respublikada 300 ga yaqin chiqindini qayta ishlovchi korxonalar bor, ular uzog‘i bilan 25—30 foizgacha chiqindini qayta ishlashi mumkin”, — deya tushuntirdi u.

Ta’kidlanishicha, inson salomatligiga zarar yetkazadigan vositalar hozircha qayta ishlanmayapti.

“Bizda asosan qog‘oz, plastik, metall chiqindilar va suyak, teri kabi materiallar qayta ishlanadi. Atrof-muhit va insonlar sog‘lig‘iga ko‘proq zarar ko‘rsatadigan gigiyenik, kimyoviy vositalar, bolalar tagliklari, moy va bo‘yoqlarni biz hali qayta ishlolmayapmiz. Lekin hozirda prezident qarori bilan chiqindilarni saralash tizimini bosqichma-bosqich yaxshilash ishlari olib borilmoqda”, — deb qo‘shimcha qildi Ekologiya vazirligi mas’uli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »