Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron har qanday davlatning, jumladan Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va urushni siyosiy muloqot orqali tugatish zarurligini ta’kidlaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan ma’lum qildi, deb yozmoqda DW.

Foto: DW

Shu bilan birga, TIV rahbari Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi bilan strategik muloqot yakunlari bo‘yicha Rossiya ham imzolagan deklaratsiyaga yana bir bor norozilik bildirdi. Abdullohiyanning so‘zlariga ko‘ra, unda “Eronga qarshi band bor”. Hujjatda Eron o‘ziniki deb hisoblagan Hormuz bo‘g‘ozidagi uchta orol (Abu Muso, Katta Tunb va Kichik Tunb) bo‘yicha nizoni hal qilish masalasida Birlashgan Arab Amirliklarining tashabbusi qo‘llab-quvvatlangan.

“Rossiya elchisi TIVga chaqirilgach, Rossiya rasmiylaridan tushuntirish berildi, ammo biz ularni yetarli deb hisoblamaymiz va Rossiya yoki boshqa mamlakat tomonidan Eronning hududiy yaxlitligi bo‘yicha bunday amaliyotning takrorlanishini qabul qilmaymiz”, — dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

Ma’lumot uchun Eron Rossiyaga dron yetkazib beradi, ulardan Ukrainaga qarshi urushda faol foydalanilmoqda. Xususan, AQSH maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yil avgustidan 2023-yilning mayigacha Rossiya Erondan 400 dan ortiq, asosan, Shahed tipidagi dronlarni qabul qilib olgan va ularning aksariyatidan Ukrainaning muhim infratuzilmasiga zarba berishda foydalangan.

“Rossiyaga bunday uchoqlarni yetkazib berish orqali Eron Rossiyaning Ukrainadagi bosqinchilik urushiga bevosita hissa qo‘shadi”, — deb taʼkidlaydi Vashington.

2022-yil kuzida Eron Rossiyaga “Fateh-110” va “Zulfiqor” ballistik raketalarini yetkazib bermoqchi ekani maʼlum bo‘lgandi. Mart oyi boshida Financial Times gazetasi Rossiyaning keyin AQSH Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalarini yetkazib bera boshlashidan qo‘rqib, Erondan haligacha ballistik raketa sotib olmayotgani haqida yozdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »