Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 316 million so‘m qalbaki pullar yoqib yuborildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Ma’lum qilinishicha, Termiz shahrida yashovchi fuqaro 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 million so‘m pulni soxtalashtirgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soxta pul yasovchi shaxs ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahri sudi tomonidan mazkur soxta pullarni yo‘q qilish bo‘yicha qaror chiqarilgan.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Soxta pullar belgilangan tartibda Termiz tumanidagi maxsus chiqindi poligonida yo‘q qilingan. Yoqilgan buyumlar orasida noqonuniy alkogol mahsulotlari ham bo‘lgan.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Qalbaki pullar muomalasi

Aprel boshlarida Toshkent shahri Yangihayot tumanida xaridor qalbaki pulga iPhone sotib olgani, Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

2022-yil noyabrida Namangan viloyatida qalbaki 8 300 dollarni muomalaga kiritishga uringan shaxs ushlangan edi. Dekabrda esa Namanganda MIB idorasida qalbaki 10 000 dollar yoqib yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »