Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” hukumati bir necha oy davomida Afg‘onistonning qator viloyatlarida, jumladan, poytaxt Kobulda musiqa asboblarini yig‘ib, yoqib yubordi. “Tolibon” ulardan foydalanishni shariat qonunlarini buzish, deb hisoblamoqda, deya xabar berdi Kabul Now.

Foto: Twitter

Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarga qarshi kurashish vazirligining Twitter’dagi bayonotida aytilishicha, musiqa asboblari jamiyatda “musiqa va korrupsiyani targ‘ib qilish” uchun ishlatilmoqda.

“Tolibon” hukumati qoshidagi Axborot va madaniyat vazirligining OAV monitoringi bo‘limi boshlig‘i Abdulhaq Hamad qo‘shiq aytish va musiqa asboblarini chalish shariat qonunlariga zid harakatlar ekanini aytgan. U cholg‘u asboblarini chalib kun kechiradiganlarga o‘zi va oilasi uchun boshqa daromad manbai topishni tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun “Tolibon” Afg‘onistonda 2021-yil avgust oyida hokimiyat tepasiga keldi va o‘z hukumatini tuzdi, shuningdek, fuqarolarning hayotini tartibga solishda bir qator yangi qoidalarni joriy qildi. Xususan, afg‘onlarga omma oldida musiqa ijro etish va mashinada musiqa qo‘yish taqiqlandi.

Ilgari “Tolibon” Afg‘onistonni 1996-yildan 2001-yilgacha boshqargan. O‘sha paytda ham mamlakatda nashiddan boshqa musiqalarni ommaviy ijro etish taqiqlangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »